Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alibek Baqoyev «Tolibon»ning diplomatik missiyasi rahbari Muhammad Rahmon Rahmoniyni Afg‘onistonning Qozog‘iston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Zhoriy yilning 21-avgust kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alibek Baqoyev Afg‘oniston diplomatik missiyasi rahbarini qabul qildi.
Uchrashuvda A.Baqoyev M.Rahmoniyni Afg‘onistonning Qozog‘istondagi Muvaqqat elchi sifatida akkreditatsiya qilganini va bunda Afg‘oniston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar va gumanitar hamkorlikni kengaytirish har ikki davlat uchun ham muhim ekanligi ma’lum qilindi.
Muzokaralar davomida Qozog‘iston Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish va gumanitar muammolarni hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish tarafdori ekanligi ta’kidlandi. Shu maqsadda Qozog‘istonning Olmaota shahrida Markaziy Osiyo va Afg‘oniston mamlakatlari uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha BMT ning mintaqaviy markazini tashkil etish taklif qilindi.
Ma’lumot uchun, «Tolibon» elchisini bugungi kunga qadar faqat Xitoy akkreditatsiyadan o‘tkazgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!