Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar — 10 kun davom etadi.
Fuqarolar quyidagi usullardan biri orqali ovoz berishi mumkin:
- “Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi;
- portalning mobil ilovasi Android va iOS ;
- Telegramdagi rasmiy bot yordamida.
Senat kengashi qarori bilan majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarini oldini olish maqsadida ovoz berish bosqichi muddati 10 kunga kamaytirildi.
Barcha mahallalar uchun g‘olib bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida tashabbusli byudjet doirasida so‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi.
Loyihalarning amalga oshirilishini doimiy nazorat qilib borish va monitoringini kuchaytirish maqsadida “Ochiq byudjet” axborot portalida sayyor monitoring bo‘limi ishga tushiriladi.
Shuningdek, ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan shikoyatlar kelib tushsa, tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborilishi hamda holat o‘z tasdig‘ini topganda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi belgilandi.