Jamiyat

“Tashabbusli byudjet”ning ushbu mavsumida fuqarolar tomonidan 27 mingdan ortiq loyiha ilgari surilgan

“Tashabbusli byudjet”ning ushbu mavsumida fuqarolar tomonidan 27 mingdan ortiq loyiha ilgari surilgan

AOKAda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Tashabbusli byudjet» navbatdagi mavsumiga start berilganligi yuzasidan ma’lumot berildi:

✅ Ilgari surilgan loyihalarning 23 mingdan ortiq qismi ishchi guruhlar tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq tanlab olinib, ovoz berish jarayonlariga o‘tkazildi.

✅ Shuningdek, mazkur jarayonlarga g‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda.

✅ Joriy mavsumning avvalgi mavsumlardan farqli tarafi shundaki, endilikda “Tashabbusli byudjet” jarayonlari 4 bosqichda o‘tkaziladi.
Bunda:

⏺6-26 iyul — taklif kiritish bosqichi;

⏺26 iyuldan 15 avgustga qadar — moderasiya bosqichi;

⏺15–22 avgust — saralashdan o‘tgan loyihalar bo‘yicha targ‘ibot bosqichi;

⏺22 avgustdan 1 sentyabrga qadar — saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⚡️ Ta’kidlanishicha, Tashabbusli byudjet jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

🔅 barcha mahallalar uchun g‘olib bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida endilikda “Tashabbusli byudjet” doirasida so‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahalla (tashkilot)lar uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida tanaffus e’lon qilinadi (ya’ni ushbu mahallalar uchun loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi);

Ushbu tartib, ya’ni tanaffus qo‘llash amaliyoti 2025 yil 2-mavsumdan boshlab qo‘llanadi.

🔅 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ovoz berish jarayonlarida byudjet tashkilotlari xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarini qayd etish bo‘yicha “qaynoq liniya” ishga tushiriladi;

🔅Ovoz berish bosqichi yakunlanib, “Ochiq byudjet” portali tomonidan g‘olib loyihalar aniqlanganidan so‘ng Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan keyingi o‘rinlardagi – g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha tarzda g‘olib deb e’lon qilish vakolati berildi;

🔅Har bir g‘olib loyihalar ijrosi ishchi komissiya tomonidan har oy joyiga chiqqan holda o‘rganib, buning natijalari yuzasidan fotomateriallarni “Ochiq byudjet” portalining “Sayyor-monitoring” bo‘limida aks ettirib boriladi;

🔅 Bunda, loyiha bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlangandan so‘ng tashabbuskor fuqarolar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga topshirilishi belgilandi.