Bryansk viloyatining Klimovskiy tumanida Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhining Rossiya hududiga kirib borishga urinishi to‘xtatildi.
Bu haqda gubernator Aleksandr Bogomaz 22 -avgust, kuni o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar Zabrama qishlog‘i hududida Rossiya hududiga kirishga uringan. Endi Klimovskiy tumaniga kirish yo‘li nazorat punktlari tomonidan to‘sib qo‘yilgan.
Bogomazning so‘zlariga ko‘ra, hozirda to‘qnashuv joyida vaziyat barqarorlashgan va mintaqaviy tezkor shtab nazorati ostida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!