Jamiyat

Andijon viloyatidagi bog‘chada tarbiyachining beparvoligi sabab 1 yoshli qizcha jarohatlandi

Andijon viloyatidagi bog‘chada tarbiyachining beparvoligi sabab 1 yoshli qizcha jarohatlandi

Tarbiyachi bolalarni nazoratsiz qoldirgan vaqtida tarbiyalanuvchi bola boshqa qizchani tishlab olgan.

Bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, joriy yilning 16-avgust kuni Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bolalarni qisqa muddatga nazoratsiz qoldirgan.

Shu vaqtda tarbiyalanuvchi 2023-yilda tug‘ilgan R.G. (qiz bola)ni boshqa tarbiyalanuvchi bola o‘zaro tortishuvda tishlab olgan. Mazkur holatda bolalar parvarishiga yetarlicha e’tibor bermay nazorat qilmaganligi sababli bog‘cha tarbiyachisi T.Sh. lavozimidan ozod etilgan.

Hozirda 2023-yilda tug‘ilgan R.G.ning ahvoli ijobiy bo‘lib, sog‘lig‘i uchun hech bir xavf mavjud emas.