AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga 125 million dollarga yaqin yangi harbiy yordam yuboradi.
Bu haqda Associated Press (AP) manbalariga tayanib xabar berdi.
Oq uy 23 avgust kuni, Ukraina Mustaqillik kuni arafasida Kiyevga yangi yordam haqida rasman e’lon qilishi mumkin.
Ro‘yxatga olingan qurollar prezident ruxsati bilan taqdim etilgan, ular Pentagon zaxiralaridan olingan va tezroq yetkazilishi mumkin, deya ta’kidlaydi agentlik.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!