Idora maʼlumotlariga ko‘ra, bu intizom komissiyasi yig‘ilishida sodir bo‘lgan va axloq tuzatish muassasasi xodimlari garovga olingan.
Hozirda garovga olinganlarni ozod qilish choralari ko‘rilmoqda. Jabrlanganlar bor, deyiladi xabarda.
“TASS” xabariga ko‘ra, Federal jazoni ijro etish xizmati xodimlaridan biri halok bo‘lgan, hujumchilarning minimal soni uch nafarni tashkil qilgan. Baza nashrining yozishicha, jami to‘rt kishi garovga olingan, ulardan ba’zilari o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, telegram-kanal maʼlumotlariga ko‘ra, hujumchilar ISHIDga aloqador ekanligini daʼvo qilmoqda.
Hujumchilar Gruziya hududiga olib borishi kerak bo‘lgan vertolyot va 2 million dollar talab qilgan.
Garovga olish natijasida yaralanganlar orasida ATK-19 boshlig‘i ham bo‘lgan, deya qayd etadi Baza.
16-iyun kuni olti nafar mahbus Rostov tergov izolyatorining ikki xodimini – tergov izolyatorining navbatchilik smena inspektori Viktor Konchakov va mintaqaviy federal jazoni ijro etish xizmati tezkor boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Bogmani garovga olgan edi.
Hujumning uch ishtirokchisi Cherkesskda terrorchilik tashkilotida ishtirok etish va terakt tayyorlashda ayblanib, qattiq tartibli koloniyada jazoni o‘tagan. Bosqinchilar o‘zlarini ISHIDga mansub ekanliklarini e’lon qilib, “birodarlari qamoqqa olingan Rostov markaziy qamoqxonasini” qo‘lga olganliklarini ma’lum qilishgan.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.