O‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov Parij-2024 Olimpiadasida qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uuluga sekundantlik qilgandi.
Finalga qadar yetib kelgan Munarbek yakunda Olimpiadaning kumush medalini qo‘lga kiritgandi. Final jangida u hamyurtimiz Abdumalik Halokovga imkoniyatni boy bergandi. Munarbekning medali qirg‘iz bokschilarining Olimpiadadagi ilk medali bo‘lgani bilan yana ham ahamiyatli edi.
Kecha Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi forumi doirasida Akmal Hasanov qo‘shni mamlakat tomonidan munosib taqdirlandi. Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Chingiz Aytmatov nomidagi Issiq-Ko‘l forumi bosh kotibi Assol Moldokmatova ushbu mukofotni Akmal Hasanovga topshirdi.
Murabbiyimizning bu harakati ikki davlat o‘rtasidagi insonparvarlik, bag‘rikenglik, do‘stona munosabatlarning yanada mustahkamlanib borayotganining yorqin namunasi bo‘ldi.
Shuningdek, Assol Moldokmatova murabbiyimizga Issiq-Ko‘lga dam olish uchun yo‘llanma, milliy chopon hamda taniqli mo‘yqalam ustasi Sabitjan Babajanov tomonidan chizilgan suratni topshirdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!