Rejaga ko‘ra, u bir nechta terminallar, oltita uchish-qo‘nish yo‘lagi va ko‘p ob’ektli ko‘chmas mulk hududini o‘z ichiga oladi.
Saudiya Arabistonining Qirol Salmon xalqaro aeroporti rivojlanishning yangi bosqichiga mo‘ljallangan bo‘lib, butun mintaqada turizm, sayohat va transport markazini rivojlantiradi.
Davlat investisiya jamg‘armasining kompaniyalaridan biri bo‘lgan Qirol Salmon xalqaro aeroportini rivojlantirish kompaniyasi (KSIADC) yaqinda to‘rtta yetakchi mahalliy va xalqaro kompaniyalar bilan arxitektura, muhandislik, qurilish va havo qatnovi sohalarida strategik hamkorlik shartnomalarini imzolaganini e’lon qildi.
Aeroportning bosh rejasi 57 kvadrat kilometrni tashkil etadi.
Yangi bosh rejaga bir nechta terminallar, oltita uchish-qo‘nish yo‘lagi va ko‘p ob’ektli ko‘chmas mulk hududi kiradi.
Ushbu reja aeroportni 2030 yilga kelib 120 million va 2050 yilga borib 185 million sayohatchiga xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi dunyodagi eng yirik ob’ektlardan biriga aylantirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, u 3,5 million tonna yuk tashish imkoniyatiga ega bo‘lishni maqsad qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!