Jahon

Husiylar hujum qilgan neft tankeri yonishda davom etmoqda

Husiylar hujum qilgan neft tankeri yonishda davom etmoqda

Yaman husiylari tomonidan hujumga uchragan Sounion neft tankeri 23-avgustdan beri yonmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Qizil dengizdagi harbiy-dengiz missiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kemada kamida 5 ta yong‘in kuzatilgan. Missiya maʼlumotlariga ko‘ra, neftning to‘kilishining aniq belgilari hozircha topilmagan.

Yuqorida tilga olingan Gretsiya bayrog‘i ostidagi kema 21-avgust kuni Isroilning Eylat shahri tomon ketayotganida hujumga uchragan. 22-avgust kuni Yaman xusiylari hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga oldilar.