Jurnalistlar 6-avgustdan boshlab ukrainalik harbiylar e’lon qilgan ijtimoiy tarmoqlardagi videolarni, shuningdek, asirdagi rus askarlari saqlanayotgan qamoqxona suratlarini o‘rganib chiqdi. Rossiyalik harbiylarni ommaviy ravishda qo‘lga olishning ikkita holati qayd etilgan:

  1. Kursk viloyatining Sujan tumanidagi Sverdlikovo qishlog‘ida kamida 29 nafar askar
  2. “Sudja” chegara o‘tish joyida 40 ga yaqin askar asirga olingan.

Biroq o‘rganilgan materiallar — bu rus asirlari bilan internetda e’lon qilingan barcha fotosuratlar va videolar emas. Shu munosabat bilan jurnalistlar asirga olinganlarning haqiqiy soni ancha yuqori bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

The Washington Post, shuningdek, Ukrainaning shimoli-sharqidagi asirlar olib kelinadigan qamoqxona boshlig‘ining so‘zlarini ham keltiradi. Unga ko‘ra, so‘nggi 10 kun ichida qamoqxonaga 320 nafar rossiyalik olib kelingan, ularning qariyb 80 foizi muddatli harbiy xizmatchilar.

Jurnalistlar o‘rgangan yettita videoyozuvda asirlar o‘zlarini harbiy xizmatga chaqirilganlar deb atagan. Ukraina va Rossiya tomoni Kurskda asirga tushgan harbiylar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar bermagan.

“115 ga 115” formatida asirlar almashish

24-avgust kuni Ukraina va Rossiya Kursk viloyatida birinchi marta “115 ga 115” formatida harbiy asirlarni almashdi. Kiyevda ham, Moskvada ham ozod qilingan harbiylar haqida ma’lumot berildi. Ukraina muvofiqlashtiruvchi shtabining aniqlik kiritishicha, ozod qilinganlar orasida harbiy dengizchilar, chegarachilar, shuningdek, Mariupolning 82 nafar himoyachisi bor, ulardan 50 nafari “Azovstal”ni himoya qilgan.

Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumidan ikki oy oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy asirlar sonini aytgandi: xalqaro ommaviy axborot vositalari bilan muloqot chog‘ida u Ukrainada 1348 nafar rossiyalik, Rossiyada esa 6465 nafar ukrainalik asirda ekanini bildirgandi.

“Muhim voqealar” nashri “Bizning chiqish” harakati ro‘yxati va ochiq ma’lumotlarga asoslanib, Ukrainada kamida 19 nafar rossiyalik muddatli harbiylar ayirboshlanganidan keyin asirlikda qolishini hisoblab chiqdi. Yana 66 nafari bedarak yo‘qolgan.

Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumidan ikki oy oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy asirlar sonini aytgan: xalqaro ommaviy axborot vositalari bilan muloqot chog‘ida u Ukrainada 1348 nafar rossiyalik, Rossiyada esa 6465 nafar ukrainalik asirda ekanligini aytgan.