Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin Telegram asoschisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. «U bunga yo‘l qo‘ymaydi, deb umid qilaman» dedi Narishkin Durovning Rossiyaga tegishli maʼlumotlarni G‘arbga uzatishi mumkinligi haqidagi TASS savoliga javoban.
Rossiya rasmiylari, urush tarafdori bo‘lgan bloggerlar va axborot resurslari Durovning Parijda hibsga olinishiga keskin munosabat bildirishdi va buni so‘z erkinligiga hujum deb baholadilar. Ba’zi «harbiy muxbirlar» Durov shifrlash kalitlarini G‘arb razvedka xizmatlariga topshirishi mumkinligidan qo‘rqishdi, bu ularning fikricha, messenjerdan frontda faol foydalanayotgan Rossiya armiyasiga zarba beradi.
Tergov sudyasi Durovni hibsda saqlash muddatini 96 soatga uzaytirishga ruxsat berdi, yaʼni u 28-avgustgacha hibsda saqlanishi mumkin. Telegram asoschisi hozirda tergovchilar tomonidan so‘roq qilinmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!