Toshkent viloyati Zangiota tumanida harakatlanib ketayotgan Damas butunlay yonib ketdi.
Holat 26 avgust kuni soat 15:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani “Qirguzar” MFY Nazarbek temiryoʻli koʻprigi ostida sodir boʻlgan. Turkiston—Toshkent yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan 1990 yilda tugʻilgan U.M. boshqaruvidagi Damasʻning salon qismida yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin oqibatida avtomobil toʻliq yonib ketgan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Harakat vaqtida avtomobilda yoʻlovchi boʻlmagan.
Ushbu yongʻin natijasida hech qaysi harakat ishtirokchisi sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!