“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat kelib tushdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hududlar kesimida eng ko‘p shikoyat Farg‘ona viloyatida (7 ta) tushgan. Shuningdek, Toshkent shahrida 6 ta, Namangan va Jizzax viloyatlarida 5 tadan shikoyat tushgan. Shikoyatlarning ko‘pchiligi umumta’lim maktablari (19 ta) va tibbiyot tashkilotlarida (16 ta) kuzatilgan.
Ma’lum qilinishicha, barcha murojaatlar tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!