Qonun pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtiruvchi qurollar va o‘z-o‘zini himoya qilish qurollariga tegishli. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan MJtKga qo‘shimcha kiritildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Unga ko‘ra, shaxs o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish quroli va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
«Ilgari bunday norma mavjud emas edi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi», – deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!