Jahon

Shimoliy Koreya yangi raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya yangi raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi

Kim Chen In yangi boshqaruv tizimi bilan jihozlangan 240 mm kalibrli raketa tizimi sinovdan o‘tkazilishini eʼlon qildi. Bu haqda KXDR davlat matbuoti xabar berdi.

Shuningdek, ikki kun oldin Pxenyan yangi kamikadze droni sinovdan o‘tkazilayotganini eʼlon qilgandi. Qo‘shma Shtatlar esa Shimoliy Koreyaning dronlarni yaratish dasturini diqqat bilan kuzatib borayotganini maʼlum qildi.

Ayni paytda Shimoliy Koreya Rossiya bilan harbiy hamkorlikni kengaytirmoqda. Kuzatuvchilar KXDR artilleriya va qanotli raketalarni Ukrainaga qarshi urushda qo‘llash uchun Rossiyaga yuborish maqsadida sinovdan o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin deb hisoblashmoqda.