Yangiliklar

Fransiya Pavel Durovning akasini qamoqqa olishga order berdi

Fransiya Pavel Durovning akasini qamoqqa olishga order berdi

Politico nashri ma’lumotiga ko‘ra, aka-ukani qamash bo‘yicha qaror bir necha oy avval chiqarilgan.

Fransiya Telegram asoschisi Pavel Durovning akasi Nikolayni qamoqqa olish uchun order berdi.

Bu haqda Politico hukumat  hujjatiga asoslanib ma’lum qilgan.  Nikolay Durov ukasi Pavel bilan birgalikda 2024-yil mart oyida qidiruvga berilgan.

«Hujjat shuni ko‘rsatadiki, Telegramga nisbatan fransuz tergovi bir necha oy oldin boshlangan va bu ish Telegramning bolalarga jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha tergov doirasida fransuz politsiyasi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi bilan bog‘liq», — deb yozadi Politico.

Nashrning yozishicha, Pavel va Nikolay Durovlarni hibsga olish uchun orderlar Telegramning ismi oshkor etilmagan foydalanuvchisining shaxsini aniqlash bo‘yicha sud so‘rovini javobsiz qoldirganidan keyin chiqarilgan.