Yangiliklar

Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov muddatidan oldin harbiy unvonlari ko‘tarildi

Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov muddatidan oldin harbiy unvonlari ko‘tarildi

Do‘smatov va Jalolovga Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan yangi unvon topshirildi.

Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida boks sport turi bo‘yicha ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov oltin medalni qo‘lga kiritishganidan barchaning xabari bor.

Ikki karra Olimpiada chempioni nomiga sazovor bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolovlar podpolkovnik unvoni bilan taqdirlandi.