Rossiyada 29 yoshli oʻzbekistonlik erkak tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi.
Rossiyada 28 avgust kuni quduq qazish vaqtida Oʻzbekiston fuqarosi tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi.
Hodisa Leningrad viloyatining Lodeynopolskiy tumanida sodir boʻlgan. Sankt-Peterburgda roʻyxatdan oʻtgan 29 yoshli oʻzbekistonlik Pirkinichi bogʻdorchilik hududidagi yer uchastkasida quduq qazayotgan boʻlgan. Shu vaqtda uni tuproq bosib qolgan. Keyinroq uning jasadi tuproq ostidan chiqarib olingan.
Hozirda Tergov qoʻmitasi xodimlari hodisa sabablarini oʻrganmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!