Afgʻonistonda Tolibon ayollarni makiyaj uchun hibsga ola boshladi. Qizlar oʻz toʻyida ham goʻzallik saloniga yashirincha borishni boshladi.
Afgʻonistonda Tolibon makiyaj qilgan ayollarni hibsga ola boshladi, deb xabar beradi TASS, Etilaatroz gazetasiga tayanib.
Maʼlum qilinishicha, Tolibon goʻzallik salonlari va sartaroshxonalar egallarini taʼqib qilayotgani tufayli koʻplab qizlar hatto oʻz toʻylaridan oldin ham bu joylarga borishdan qoʻrqmoqda. Endi ular makiyaj qilish uchun professional salonlarga maxfiy ravishda borishga majbur boʻlib, hibsga olinish xavfi ostida qolmoqda.
“Eshitdim, Tolibon maxfiy ayollar salonlariga kelib, ayollarni hibsga olyapti. Shuning uchun men salon egasidan meni iloji boricha tezroq makiyaj qilishni va sochlarimni yasatishni soʻradim, shunda hayotimdagi bu muhim kunda menga ham, oilamga ham muammo boʻlmaydi”, deydi kelinlardan biri.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!