Jamiyat, Tahlil

Jurnalistlar tanqidiga uchragan Shuhrat Abdurahmonov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Jurnalistlar tanqidiga uchragan Shuhrat Abdurahmonov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Shuhrat Abdurahmonovning nafaqat o‘zi, balki butun bir jamoasi qattiq ishlaydi, biroq buni hech kim bilmaydi, birgina kamchilik topsa, jar soladi qabilidagi gapni aytganini bilamiz. Shu sababli hokimning xalq orasidagi qilgan mashhurliklarini yana bir bor jar solib aytgimiz keldi.

Xalq orasida bugun tez-tez trendga aylanib turadigan, internet va matbuotda so‘kong‘ich, qattiqqo‘l va badjahl sifatlari bilan tanilgan hokim Shuhrat Abdurahmonov jamoatchililikka ma’lum va mashhur.

Bir illat mavjudki, muammo bilan emas, uni ko‘tarib chiqqanlar bilan kurashiladi. Xuddi shu narsani isbotlagan hokim Abdurahmonov jurnalistlarni mahallaga taklif qilgan fuqaroni ham qo‘shtirnoq ichidagi shirin so‘zlar bilan siylagan.Muammo bilan chiqqan aholini “maymunlar”, “noshukurlar” deb atagani ko‘pchilikning esidan chiqqandir, ammo o‘sha murojaatchining yodidan ko‘tarilmagani aniq.