Namanganda birovni oʻldirib, yashirinib yurgan erkak qidiruvga berildi.
Namangan viloyatida qasddan odam oʻldirib, ichki ishlar xodimlaridan yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Shermat Joʻrayev 1964 yilda Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. U Jinoyat kodeksining 97-modda, 2-qismida (aybdorga ayon boʻlgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan oʻldirish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan yashirinib yurgani uchun qidirilmoqda.
Ushbu shaxs haqida biron-bir maʼlumotga ega fuqarolardan zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33, 97-273-11-01 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilish soʻraldi. Maʼlumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!