Jahon

Netanyaxu o‘g‘lining xavfsizligini oshirishga intilmoqda

Netanyaxu o‘g‘lining xavfsizligini oshirishga intilmoqda

Netanyaxu Eron tomonidan suiqasd urinishidan qo‘rqib, o‘g‘lining xavfsizligini oshirishga intilmoqda.

Isroil Bosh vaziri Netanyaxu so‘nggi kunlarda o‘g‘li “Eron nishoni”ga aylanishidan qo‘rqib, uning xavfsizligini kuchaytirishni so‘radi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu 31-iyul kuni Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Haniyaning o‘ldirilishi uchun Eron xorijdagi isroilliklarga suiqasd uyushtirishga urinishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida sodir bo‘ldi.

Maxsus xizmatlarga tegishli so‘rov yuborildi. Biroq, Isroil matbuotidagi xabarlardan so‘ng Netanyaxu idorasi bosh vazirning o‘g‘li xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha so‘rovlarni rad etdi.

Yair Netanyaxu 2023-yil martidan beri Mayamidagi hashamatli turar-joy majmuasida istiqomat qiladi. Avvalroq u “biror narsa sodir bo‘lishidan xavotirda”, ko‘p vaqtini uyda o‘tkazishi va baʼzan mulkdagi hovuz yonida sayrga chiqqani haqida xabar berilgan edi.