Yangiliklar

Putin uni hibsga olish orderi amal qiladigan davlatga boradi

Putin uni hibsga olish orderi amal qiladigan davlatga boradi

Putin “sovet va mo‘g‘ul qurolli kuchlarining Xalxin-Gol daryosida yapon militaristlari ustidan qozongan qo‘shma g‘alabasining 85 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda” ishtirok etadi.

“Muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlari Rossiya-Mo‘g‘uliston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi. Bir nechta ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Mo‘g‘uliston 2000-yilda Rim ustavini imzolagan. Shu bilan birga, mamlakat uni 2002-yilda ratifikatsiya qilgan. Shunday qilib, u Xalqaro jinoyat sudining (XJS) ishtirokchisi hisoblanadi va uning qarorlarini bajarishga majburdir.

2023-yil dekabr oyida mo‘g‘ulistonlik sudya birinchi marta XJS sudyasi bo‘ldi. Mog‘uliston prezidenti bu “mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va xalqaro tashkilotlarning Mo‘g‘ulistonga bo‘lgan ishonchi o‘sishi va mustahkamlanishining belgisi” ekanini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro jinoiy sud 2023-yil mart oyida Putinni urush paytida yuzlab bolalarni Ukrainadan noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblab, uni hibsga olishga order bergandi. Xuddi shunday order bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham joriy etilgan. Endi Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar Putin ularning hududiga qadam bossa, hibsga olishi kerak.