Yangiliklar

Rossiya noqonuniy migrantlarga nisbatan amnistiya eʼlon qilishi mumkin

Rossiya noqonuniy migrantlarga nisbatan amnistiya eʼlon qilishi mumkin

Rossiya noqonuniy migrantlarga nisbatan amnistiya eʼlon qilishi mumkin. Ular orasida oʻzbekistonliklar ham bor.

Rossiyada mehnat va migratsiya qonunchiligi sohasida huquqbuzarlik sodir etgan mehnat muhojirlariga nisbatan amnistiya qoʻllanishi mumkin. Bu chora hujjati muddati oʻtgan yoki mamlakatdan deportatsiya qilinishi kerak boʻlgan migrantlar reyestrini ishga tushirishga tayyorgarlik doirasida muhokama qilinmoqda, deb xabar berdi “Kommersant”.

Nazorat ostidagi shaxslar reyestri 2025 yilda ishga tushirilishi kerak, u qabul qilingan migratsiya nazoratini kuchaytiruvchi qonun loyihalari paketi doirasida yaratiladi. “Kommersant” xabariga koʻra, bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova raisligida boʻlib oʻtgan migratsiya siyosati boʻyicha hukumat komissiyasi yigʻilishida ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy “hech bir IT-infratuzilmasi bir vaqtning oʻzida barcha huquqbuzarlarni maʼlumotlar bazasiga kirita olmaydi”, dedi.

Uning fikricha, nisbatan kichik huquqbuzarlik qilgan migrantlar uchun amnistiya eʼlon qilinsa, “oqilona boʻlardi”. Bu tashabbusni razvedka xizmatlari ham qoʻllab-quvvatlamoqda, dedi yigʻilishda qatnashgan FSB aksilrazvedka xizmati rahbari Vladislav Menshchikov.

Avvalroq Rossiyada 630 mingdan ortiq noqonuniy migrant borligi haqida xabar berilgan edi.

Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoyning tushuntirishicha, mamlakatda boʻlish qoidalarini buzgan, ikki yoki undan ortiq maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan yoki noqonuniy mehnat faoliyati bilan shugʻullanganlar noqonuniy migrant hisoblanadi.