Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidentini yubiley bilan tabrikladi. Aleksandr Lukashenko 30-avgust kuni 70 yoshni qarshi olgandi. Prezident unga mustahkam sog‘lik va katta yutuqlar, do‘st Belarus xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
O‘z navbatida, Belarus prezidenti O‘zbekiston rahbari va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik, barqaror taraqqiyot va rivojlanish tiladi.
Suhbat davomida 7—9-fevral kunlari Belarus prezidentining O‘zbekistonga
tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan «yo‘l xaritasi»ga muvofiq amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Belarus Milliy Majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyaning yaqinda
O‘zbekistonga qilgan tashrifining samarali natijalari yuqori baholandi.Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni tezlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.