Yangiliklar

Toshkentda chiqindi bilan bogʻliq 2200 dan ortiq huquqbuzarlik sodir etildi

Toshkentda chiqindi bilan bogʻliq 2200 dan ortiq huquqbuzarlik sodir etildi

Toshkentda chiqindi bilan bogʻliq 2200 dan ortiq huquqbuzarlik sodir etildi. Ulardan 25 tasi yuridik shaxslar tomonidan sodir etilgan.

Toshkent shahrida yil boshidan buyon chiqindi bilan bogʻliq 2000 dan ortiq huquqbuzarlik sodir etildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tuman inspektorlari tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashga qarshi doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilda shu paytga qadar boshqarma tomonidan poytaxtda jami 2226 ta qonun buzilishi holati aniqlangan. Bulardan 2201 tasi jismoniy shaxslar, 25 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan sodir etilgan.

Huquqbuzarliklar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalariga koʻra bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Qonunbuzarlarga nisbatan jami 994 million 650 ming soʻm miqdorida jarima belgilangan.

Bundan tashqari, fuqarolarga belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik kerakligi, bu atrof-muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi, chiqindilar uzoq muddat chirimasdan ekologiyaga zarar keltirishi va chiqindini duch kelgan joyga tashlash qonunchilikka koʻra javobgarlikka sabab boʻlishi borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.