Germaniyada 32 yoshli ayol avtobus yo‘lovchilariga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 19:20 da Shimoliy Reyn-Vestfaliyada sodir bo‘ldi. Avtobus Sigendagi festivalga ketayotgan bo‘lib, bortida 40 kishi bor bo‘lgan. Hujum oqibatida 5 kishi jabrlangan, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.
Politsiya terrorchilik hujumi ehtimolini istisno qilmoqda. Hujumni amalga oshirgan ayol ruhiy kasal bo‘lib, giyohvand modda yoki spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!