Kelgusida o‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga E-8 vizasi bo‘yicha ham ishga yuboriladi.
Muloqotda Koreyada vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarni ushbu davlatga nafaqat E-9 (noprofessional), balki E-8 (mavsumiy) hamda E-7 (professional) vizalari asosida yuborish masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya jarayonlarini qonuniy va xavfsiz amalga oshirish, o‘zbekistonliklarning Koreyada noqonuniy mehnat faoliyatini olib borish holatlariga butkul barham berish yuzasidan kelishib olindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!