Shveytsariya Mudofaa vazirligi mamlakat 500 yil davomida saqlab kelayotgan betaraflikdan voz kechishni tavsiya qildi, deya xabar berdi Politico.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Shveytsariya respublika Mudofaa vazirligi topshirig‘i bilan 2023-yil iyulidan buyon ishlab kelayotgan xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert ishchi guruhi hisobotini e’lon qilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, «Putin butun Yevropa uchun xavf tug‘dirayotganidan xavotir mamlakatni mudofaa holatini qayta ko‘rib chiqishga undamoqda».
«Yevropadagi vaziyatning keskin yomonlashuvi» munosabati bilan mualliflar Shveysariya hukumatini NATO va YEI bilan harbiy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida betaraflik konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.
Ushbu topilmalar Shveytsariyaning 2025-yilda qabul qilinadigan yangi xavfsizlik strategiyasida hisobga olinadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!