Sportchi para yengil atletika boʻyicha T12 klassidagi uzunlikka sakrashda 7.16 metr natija qayd etishga erishdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida navbatdagi medaliga sazovor boʻldi.
Hozirgina yakuniga yetgan para yengil atletika boʻyicha T12 klassidagi uzunlikka sakrash bahsida Doniyor Saliyev kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Saliyev murosasiz bahslarda 7.16 metr natija qayd etishga erishdi.
Shuning bilan, delegatsiya hozirgacha jamgʻargan medallar 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!