Xitoy banklari ruscha ismli kishilardan pul qabul qilishni toʻxtatdi. Avvalroq Rossiya kompaniyalari bilan ishlashdan ham bosh tortgan edi.
Xitoyning bir qator banklari “agar toʻlov hujjatlarida ruscha nomlar koʻrsatilgan boʻlsa”, mablagʻlarni qabul qilishdan bosh tortmoqda. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
“Pervaya Gruppa” AJ bosh direktori Aleksey Poroshin nashrga maʼlum qilishicha, ruscha ismli shaxslar uchun pul oʻtkazmalarini amalga oshirish rad etilayotgani sababli importchilar uchinchi shaxslar orqali hujjatlarning toʻliq toʻplamini tayyorlashga majbur boʻlmoqda. Buni “Izvestiya”ga “Impaya Rus” kompaniyasining tijorat direktori Aleksey Razumovskiy tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, hatto sanksiyaga duchor boʻlmagan ruscha nomlar, Rossiya Federatsiyasi bilan har qanday aloqalar va hatto kirill alifbosidagi yozuvlar ham toʻlovni bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin.
“Izvestiya”ning Razumovskiyga tayanib yozishicha, Xitoy banklari “ikkilamchi cheklovlardan qoʻrqishadi” va shuning uchun “Rossiya biznesi bilan munosabatlarda nol ishonchdan foydalanishyapti hamda har qanday tahdidni bartaraf etishga harakat qilishyapti”.
Rossiya va Xitoy 30 yil ichida birinchi marta barterga oʻtishi mumkin
Rossiya va Xitoy Ukrainaga qarshi hujum uchun Rossiyaga nisbatan sanksiyalar doirasida AQSH tomonidan nazorat qilinadigan bank tizimlaridan foydalanishni cheklash uchun qariyb 30 yil ichida birinchi marta barter savdo sxemalariga oʻtishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi savdo va toʻlovlar sohasidagi uch manbaga tayanib xabar berdi.
Rossiya Federatsiyasi barter savdosi qoidalarini ishlab chiqmoqda va agentlik tomonidan soʻralgan rus manbalari Xitoy ham shunday qilmoqda, degan taxminda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!