Qozog‘istonning Chimkent viloyatida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Otyrar Telegram kanalida berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, Olmaota trassasining yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida Opel Vectra avtomobili Toyota Alphard’ga borib urilgan.
“Yana yetti kishi jabrlangan. Ularning barchasi Toyota Alphard salonida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Qizilo‘rdadan uylariga qaytayotgan bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!