Jinoyat

Farg‘onada ota o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi

Farg‘onada ota o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi

Qotillikka ota va o‘g‘ilning o‘rtasida kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida erkak pichoqlanib o‘ldirilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylandi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning  1-sentyabr kuni soat 17:00 atrofida 1952-yilda tug‘ilgan N.X. yashash xonadoni bo‘lgan Oltiariq tumani, Toshobod MFYda 1983-yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.N. bilan o‘zaro janjallashib qolishi oqibatida N.X. yashash xonadonidan oshxona pichog‘ini olib, O.N.ning ko‘krak qafasi yuqori chap tomon qismiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazganligi aniqlandi.

O.N. Olgan tan jarohatlari oqibatida Oltiariq tuman Tibbiyot birlashmasi SHTTYOB reanimatsiya bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan N.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda gumon qilinuvchi N.X. JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.