Shiplyuk Rossiya Fanlar akademiyasi Nazariy va amaliy mexanika instituti direktori hisoblanadi. U harbiy texnologiya ustida ishlagan jamoasining jinoiy javobgarlikka tortilgan eng so‘nggi a’zosidir. Olim 500 ming rubl (salkam 5700 dollar) miqdorida jarimaga ham tortilgan va unga qo‘shimcha ravishda 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Shiplyukning tadqiqotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri oqimli havo-reaktiv dvigatelli gipertovushli parvoz qurilmalarining tajribaviy aerotermodinamikasi bilan bog‘liq, u “Gipertovush texnologiyalari” laboratoriyasiga rahbarlik qilgan.
Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, apellyatsiya instansiyasiga shikoyat qilinishi mumkin. Shiplyukning hamkasbi, 78 yoshli Anatoliy Maslov may oyida “davlatga xiyonat qilganlik” uchun 14 yilga qamalgandi. Maslov va Shiplyuk bilan tanish bo‘lgan ikkita amerikalik olim hibsga olingan rossiyaliklar gipertovushli raketa yaratish uchun zarur bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullanganini aytgan.