Shimoliy koreyalik sportchilar olimpiadada kulib selfi tushgani uchun jazolanishi mumkin.
Shimoliy koreyalik stol tennischilari 2024 yilgi Olimpiada oʻyinlarida selfiga tushgani uchun rasmiylar tomonidan jazolanish tahdidi ostida qolmoqda.
Gap Ri Jong Sik va Kim Kim Yen juftligi haqida ketmoqda. Partiya rasmiylari ularni KXDR birinchi raqamli dushman deb bilgan Janubiy Koreya vakillari bilan suratda tabassum qilgani uchun qoraladi.
Qayd etilishicha, Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi barcha sportchilar uch bosqichli mafkuraviy tekshiruvdan oʻtadi. Ushbu tekshiruv 15 avgust kuni sportchilar uyga qaytganidan soʻng boshlangan va bir oy davom etadi.
Shimoliy koreyalik sportchilarga Parij Olimpiadasi ketishdan oldin chet ellik sportchilar, jumladan, Janubiy koreyalik sportchilar bilan gaplashmaslik tayinlangan. Natijada ushbu taqiqni buzgan sportchilar jazolanishi mumkin. Avvalgi yillarda ushbu qoidani buzgan sportchilar bir necha oylik haq toʻlanmagan mehnatga mahkum qilingan.
Maʼlumot uchun, 31 iyul kuni 2024 yilgi Olimpiada oʻyinlarining stol tennisi sport turi boʻyicha sovrindorlar KXDR, Janubiy Koreya va Xitoy sportchilari shohsupada jamoaviy selfi qilishgan edi. Ushbu davlat vakillari aralash juftlik bahslarida medallarni qoʻlga kiritgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!