2005 yilda hokimiyatdan agʻdarilgan Askar Akayev Qirgʻiziston Jogorku Keneshiga sobiq prezident maqomini tiklashni soʻrab murojaat qildi. Parlament fraktsiyalari va deputatlari maslahatlashib, yakuniy qaror qabul qiladi.
Konstitutsiyaviy qonunchilik qoʻmitasi rahbari Cholpon Sultanbekova Askar Akayev Jogorku Kenesh spikeri nomiga uning sobiq prezident maqomini qaytarishni soʻrab maktub yoʻllagani haqidagi maʻʻlumotni tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, murojaat 30 iyul kuni kelib tushgan.
“Spiker maktubni qoʻmitamizga topshirdi, ammo bu juda uzoq jarayon, barcha fraktsiyalar va deputatlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilib, tegishli qaror qabul qilinadi”, — dedi Sultanbekova.
Eslatib oʻtamiz, Akayev 2005 yilning martida hokimiyatdan agʻdarilgan edi. 2021 yilda u birinchi marta «Qumtor» ishi boʻyicha guvohlik berish uchun Bishkekka qaytib keldi. Shundan soʻng prezident Sadir Japarov Akaev avvalgi xatolarini toʻliq bartaraf etganini va Bosh prokuratura unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini yopganini maʻʻlum qildi.
Japarov keyingi intervʻyusida sobiq rahbar haqida ijobiy fikr bildirdi. Keyinroq Akaev ham nafaqaga chiqqandan keyin Qirgʻizistonga qaytish niyati borligini maʻʻlum qildi, deb yozadi SputnikKg.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!