Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt’lar ortilgan avtotreyler YTHga uchragani aks etgan video tarqaldi. UzAutoMotors holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi Farg‘ona viloyatida kecha, 4 sentyabr kuni soat taxminan 18:00 da sodir bo‘lgan. Logistika avtotreyleri haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan.
YTH oqibatida 8 ta Chevrolet Cobalt avtomobili zarar ko‘rgan, avtotreyler haydovchisi jarohatlanmagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!