Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!