Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ittifoqchilarini Rossiya hududiga zarba berish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashga ishontira olmadi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, kecha, 6 sentyabrda Zelenskiy Ramshteyn formatidagi uchrashuvda yana G‘arbdan Rossiya hududidagi nishonlarni urish uchun ruxsat so‘radi. Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu Moskvani “tinchlik izlashga” undashi kerak.
Qayd etilishicha, Zelenskiyning murojaati muvaffaqiyatli javob olmagan, chunki Ukrainaning asosiy harbiy qo‘llab-quvvatlovchisi Qo‘shma Shtatlar uzoq masofali qurollardan foydalanish bo‘yicha o‘z cheklovlariga kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma’lum qilmagan.
Ma’lumot uchun, 4 sentyabr kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Qo‘shma Shtatlar endi Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiyaning chuqur hududiga zarbalar berish uchun Amerika qurollaridan foydalanishga ruxsat bermasligini ma’lum qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!