Hodisa, Jamiyat

FVV Zangiotadagi yongʻin haqida qoʻshimcha maʼlumot berdi

FVV Zangiotadagi yongʻin haqida qoʻshimcha maʼlumot berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Zangiota tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida birlamchi maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 10 sentyabr kuni soat 14:15 da Zangiota tumani, “Erkin” mahallasida joylashgan boʻyoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Yongʻin oʻchirish ekipajlari yetib borishgan, ayni vaqtda yongʻinni oʻchirish  ishlari bajarilmoqda. Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.

Voqea joyiga vazirlik rahbariyati hamda maʼsul tashkilotlarning vakillari chiqqan.