Jamiyat, Jinoyat

Namanganda 426 mln soʻmlik “svet” oʻgʻirlagan tadbirkor ushlandi

Namanganda 426 mln soʻmlik “svet” oʻgʻirlagan tadbirkor ushlandi

Namanganda 426 mln soʻmlik “svet” oʻgʻirlagan tadbirkor qamoqqa olindi.

Respublika va hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Namangan shahrining “Zarbdor” mahallasida tadbirkor oʻzining doʻkonidagi elektr qurilmalarini tijorat maqsadida hisobga olish uskunasidan tashqari oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, jami 426,3 mln soʻmlik 157,9 ming kVt/soat elektr energiyasini oʻgʻirlagan.

Mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻirlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.matbuot xizmati xabar berdi.