Sadir Japarov bugun, 11-sentyabr kuni, o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov bilan uchrashib, unga Munarbek Seyitbek o‘g‘lining g‘alabasiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida avtomobil sovg‘a qildi.
«Butun dunyo Markaziy Osiyo xalqlari birdamlik va do‘stona munosabatlarni namoyish etib, bir-birini qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rdi. Sport tinchlik elchisi deyishadi. Siz o‘z misolingiz bilan o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga hissa qo‘shdingiz. Birligimiz yanada mustahkam bo‘lishini tilayman,» – degan Sadir Japarov.
Shuningdek, Japarov Parij Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchilarning yuksak natijalar ko‘rsatganini ham ta’kidlab o‘tgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!