Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi O‘zbekiston tarixida Afg‘onistondan keladigan neftni qayta ishlash bo‘yicha birinchi shartnomani tuzdi.
Bu haqda S&P Global reyting agentligi xabar berdi. Kelishuv doirasida 100 ming tonnaga yaqin neft jo‘natilgan. O‘zbekiston qayta ishlashga va’da bergan neftning aniq miqdori oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avval O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 2,5 milliard dollarlik 35 ta memorandum imzolangan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!