Rossiyada o‘zbekistonlik ayol vahshiylarcha o‘ldirilib ketildi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgdagi Pulkovskoye shossesi 14-uydagi turarjoy majmuasi qo‘riqchisi xonadonlaridan birida o‘ldirilgan ayolning jasadini topgan. Topilgan jasad haqida politsiyaga xabar berilgan. Jinoyat qidiruv xodimlari voqea joyida hali migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadini ko‘rgan va unda ko‘plab pichoq jarohatlari aniqlangan.
Ushbu fakt asosida Tergov qo‘mitasi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!