Jahon

Pavel Durov Fransiya sud organlari bilan hamkorlik qiladi

Pavel Durov Fransiya sud organlari bilan hamkorlik qiladi

Telegram asoschisi Durov Fransiya sud organlari bilan hamkorlik qiladi va nazorat shartlariga to‘liq rioya qiladi. Bu haqda Parij prokurori Lor Beko RTL radiosidagi efirda aytib o’tdi.

Prokuror, shuningdek, Durovga nisbatan bevosita tergov ochish qarori Telegram’ning fransuz tergovchilarining so‘rovlariga javob bermagani, shuningdek, “odatda virtual deb hisoblangan dunyoda uyushgan jinoyatchilik rivojlanayotganini ko‘rsatish istagi bilan bog‘liqligini taʼkidladi.”

Uning taʼkidlashicha, shu maqsadda Fransiyada noqonuniy operatsiyalar uchun internet platformasi maʼmuriyati uchun javobgarlikka tortish imkonini beruvchi qonun yaratilgan. Shu bilan birga, u boshlovchining fransuz tergovchilari X ijtimoiy tarmog‘i rahbari Ilon Maskni keyingi safar Fransiyaga tashrif buyurishga qaror qilganida hibsga olishga tayyormi yoki yo‘qmi degan savolini eʼtiborsiz qoldirgan.