Jahon

Endi Afg‘onistonda ayollar gapirmasdan va savdolashmasdan xaridni amalga oshirishi kerak

Endi Afg‘onistonda ayollar gapirmasdan va savdolashmasdan xaridni amalga oshirishi kerak

“Tolibon” ayollarga sotuvchilar bilan savdolashishni taqiqladi. Ular gapirmasdan va savdolashmasdan xarid qilishi lozim.

“Tolibon”ning Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi ayollarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirdi. Jumladan, ayollarga sotuvchilar bilan savdolashish taqiqlandi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

“Tolibon”ning ayrim viloyatlardagi axloq politsiyasi erkaklarga xotinlari borasida tegishli buyruq chiqargan. Ular ayollar sotuvchilar bilan savdolashganida, ularning ovozi begona erkaklar tomonidan eshitilishi va bu “erkaklarni yo‘ldan ozdirishi”ni da’vo qilgan.

Shuningdek, axloq politsiyasi o‘zlarining yangi qonunlarini amalga oshirish uchun zo‘ravonlik va repressiyalarni kuchaytirgani aytilmoqda. Fuqarolar qonun ijrosi yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan. Ular bu zulm, qasos, repressiya va keng tarqalgan suiiste’mollik muhitini yaratishini aytgan. “Tolibon” ayollar qo‘lqop kiyib, yuzini to‘liq berkitishi kerakligini ta’kidlagan.