Jahon, Jamiyat

Oʻzbekistonliklar Slovakiya, Vengriya va Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda

Oʻzbekistonliklar Slovakiya, Vengriya va Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda

Slovakiya, Vengriya, Xorvatiyadagi ish beruvchilari 20 dan 46 yoshgacha boʻlgan oʻzbekistonliklarni bir qator sohalarga ishga taklif etmoqda.

Slovakiya:

▪️ 5000 nafar avtomobil zavodida ishlovchi mutaxassis;

▪️ 1000 nafar ishlab chiqarish zavodlarida ishlovchi mutaxassis;

▪️ 500 nafar elektrik va payvandchi (sohada 3 yillik tajriba talab etiladi);

▪️ 350 nafar fura haydovchisi;

▪️ 200 nafar kara haydovchisi.

Oylik ish haqi 1000 yevrodan 2400 yevrogacha etib belgilangan.

Xorvatiya:

▪️ Qurilish sohasi uchun beton quyuvchilar, armaturachilar, monolit qoʻyuvchilar.

Maosh chegarasi 1000 dollardan boshlandi. Eng yuqori haq esa – 2500 dollar.

Vengriya:

▪️ Avto ehtiyot qismlari ishlab chiqarish zavodi uchun mutaxassislar;

▪️ Samsung zavodi omborlarida ishlovchi ishchilar;

▪️ Atom elektrostansiyasi qurilishi uchun mutaxassislar.

Mehnat uchun 1000 dollardan 1500 dollargacha oylik toʻlanadi.

Bundan tashqari, Rossiya ish beruvchilari ham quyidagi vakant joylarni taklif qilmoqda:

▪️ 2000 nafar qurilish sohasi xodimlari;

▪️ 1000 nafar ishlab chiqarish xodimlari.

Bunda oylik xizmat uchun 900 dollardan 2000 dollarga ish haqi toʻlanadi.

Yuqoridagi taklifga qiziqish bildirganlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

Bandlik vazirligi bergan xabarga koʻra, mazkur loyiha Oʻzbekistonda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan “Naimix” xususiy bandlik agentligi bilan hamkorlikda tayyorlangan.