Voqea 12-sentyabr kuni sodir bo‘lgan, Yutong Bus yo‘lovchisiz avtobusi Olmaota—Bishkek avtomobil yo‘lining 25 kilometri bo‘ylab harakatlangan. Haydovchi avtobusni burayotganida, rul boshqaruvini yo‘qotib, to‘siqqa urilgan. Shundan so‘ng avtobus ko‘prikdan boshqa transport vositasi — Mercedes Benz Sprinter’ning ustiga qulab tushgan.
“Mikroavtobusda odamlar bo‘lib, ular Qirg‘izistondan to‘ydan qaytayotgan bo‘lgan. Jabrlanuvchilar tan jarohati olib, shifoxonaga tekshiruv uchun olib ketilgan, deb yozmoqda Orda.kz nashri.
Hodisa yuzasidan politsiya jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda avtobus haydovchisi mast bo‘lmagan. Avtobus haydovchisi turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizildi. Yo‘l-transport hodisasida boshqa hech kim jabrlanmadi. Avtomobillar maxsus to‘xtash joyiga olib ketilgan.