Jahon, Jamiyat

Toshkentga kelishi kerak boʻlgan reys majburan bekor qilindi

Toshkentga kelishi kerak boʻlgan reys majburan bekor qilindi

Dubaydan Toshkentga kelishi kerak boʻlgan reys majburan bekor qilindi.

Samolyot uchishga tayyor emasligi va ekipajning ish vaqti cheklanganligi sababli, 12 sentyabr kungi Dubay – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY334 aviaqatnovi majburan bekor qilindi. Bu haqda UzAirways axborot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, yoʻlovchilar 2024 yil 13 sentyabr kungi HY334 muntazam aviaqatnovida olib kelinadi.

Yoʻlovchilarga Dubay shahrida qolish uchun mehmonxona taqdim etiladi.